YAPONAMAMA brendi haqida

Chop etilgan:
5 феврал 2026
Yevgeniy Pak YAPONAMAMA tarmog‘i Toshkentda qanday rivojlanayotgani va Wolt orqali auditoriyasini kengaytirayotgani haqida. YAPONAMAMA Toshkentda qanday paydo bo‘ldi va tarmoq Wolt yordamida yangi mijozlarni qanday topmoqda.
💡 Wolt Uzbekistan weproject.media va «Gorod24» bilan hamkorlikda Toshkent restoran egalari bilan intervyular turkumini ishga tushirmoqda — poytaxtning gastronomik muhitini shakllantirayotgan insonlar haqida. Rublikaning birinchi qahramoni — restorator va tadbirkor, YAPONAMAMA tarmog‘i asoschisi Yevgeniy Pak. 🔹 Yevgeniy haqida: Men restoran biznesiga oddiy istak bilan kirdim — odamlar chin dildan qaytishni xohlaydigan, mazali ovqat tayyorlanadigan joylar yaratish. Hammasi kichik loyihadan va ovqat sifatli hamda qalbdan tayyorlanishi kerak degan tushunchadan boshlandi. Vaqt o‘tib bu nafaqat taom, balki jamoa, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan jarayonlar va ichki madaniyat muhim bo‘lgan tizimli biznesga aylandi. 🔹 Loyiha haqida: Biz o‘zimizga yaqin va shahar aholisi uchun tushunarli bo‘lgan formatni tanladik. Maqsadimiz — tanilgan va sevimli oshxonaga ega bo‘lgan, yuqori sifat va servisni ta’minlaydigan maskan yaratish edi. Bu esa uzoq muddatli faoliyat, mehmonlar ishonchi va barqaror biznes degani. Bizning asosiy farqimiz — barqarorlik va ishimizga bo‘lgan muhabbat. Mehmon har qanday kunda bir xil yuqori sifatli mahsulot, servis va muhitga ega bo‘lishini biladi. Odamlar o‘zini qulay va hurmat qilingan his qiladigan joylarga qaytadi. Bundan tashqari, biz eko-mahsulot yo‘nalishini rivojlantirmoqdamiz — o‘z baliqlarimizni yetishtirishni boshladik. So‘nggi yillarda mehmonlar yanada talabchan va ongli bo‘lib bormoqda. Bugun tezlik, qulaylik, sifat, brend halolligi va mehmon vaqtiga hurmat muhim. Bu esa biznesdan ko‘proq mazmun va haqiqiy qiymat taklif qilishni talab qiladi. 🔹 Wolt bilan hamkorlik haqida: Biz Wolt bilan bir necha yildan beri ishlaymiz. Hamkorlik bizga qo‘shimcha savdo kanali, kengroq qamrov va ilgari bizni bilmagan yangi auditoriyani olib keldi. Operatsion jihatdan bu aniq va qulay vosita ekanini qadrlayman. Wolt’ga ulanib, brendimiz tanilishining oshganini va buyurtmalar oqimi barqarorlashganini ko‘rdik. Qiziq tomoni shundaki, yetkazib berish nafaqat onlayn savdoga ta’sir qiladi — ko‘plab mehmonlar avval bizni yetkazib berish orqali tanib, keyin restoranga kelishadi. Onlayn yetkazib berish yangi auditoriyani shakllantirdi: oilalar, ofislar va qulaylikni qadrlaydigan, vaqtni tejashni xohlaydigan insonlar. Shuningdek, yangi odatlar paydo bo‘ldi — muntazam buyurtmalar, sevimli taomlar va brendga sodiqlik. 🔹 Restoran biznesining o‘ziga xos jihatlari: Asosiy muammolar — kadrlar, xarajatlarning oshishi va har kuni yuqori sifatni saqlab qolish zarurati. Bugun tizim quradigan va tez moslasha oladiganlar yutadi. YAPONAMAMA’ning shahar va odamlar hayotiga ta’siri haqida gapirar ekanmiz, biz muloqot, uchrashuvlar va oilaviy yig‘ilishlar uchun joylar yaratamiz. Biz uchun eng muhim narsa — servis madaniyati, mehmonlarga hurmat va ovqatga hamda bir-birimizga nisbatan sog‘lom munosabatni shakllantirish. 🔹 Rejalar: Rejalarimiz — rivojlanishni davom ettirish: tarmoqning yangi formatlarini ishga tushirish, franchayzing va o‘z restoranlarimiz orqali global miqyosda kengayish, robotlar va yangi texnologiyalarni joriy etish, onlayn yo‘nalishni kuchaytirish hamda toza eko-mahsulot yaratish — baliq, go‘sht va parrandani yetishtirishdan tortib, o‘z sabzavotlarimizni yetishtirishgacha. 🔹 Tavsiyalar: Raqamlar va tizimni tushunmasdan ish boshlamaslik kerak. Faqat chiroyli g‘oyaga emas, balki jamoa, jarayonlar va sifatga e’tibor qaratish muhim. Restoran — bu bir martalik loyiha emas, balki har kungi mehnat. Agar siz 24/7 jarayonga tayyor bo‘lsangiz va odamlarni chin dildan sevsangiz — bu soha siz uchun.
